"Navbahor" 2024 yilda chiptalar sotuvidan qancha daromad qildi?

Iskandarov Abdulaziz
28 yanv 2025, 15:42
Vodiy klublari muxlislar tashrifi borasida so'nggi mavsumlarda yetakchiga aylanib oldi.

Tabiiyki, bunda chiptalar savdosidan klublar ma'lum bir miqdorda daromad ko'ryapti. "Navbahor" vice-prezidenti Otabek Samatov "Futbol TV" kanalida efirga uzatilgan "Bizning futbol" ko'rsatuvida 2024 yilda chiptalar sotuvidan tushgan mablag' haqida ma'lumot berdi.


"2024 yilda chiptalar sotuvidan taxminan 2,5 milliard so'm tushum bo'lgan. Undan avvalgi mavsumda OCHLda o'ynaganimizda bundan ham katta daromad qilganmiz",- deydi Otabek Samatov. 


Ma'lumot uchun, 2024 yilda Namangandagi "Markaziy" stadionga 101 853 nafar tomoshabin (o'rtacha 7 835) tashrif buyurdi va Superligada eng yaxshi uchinchi natijani qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia