"Navbahor" 19 yanvar kuni Polsha klubi bilan nazorat o'yinini o'tkazadi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2022, 23:16
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Navbahor" jamoasi 19 yanvar kunida navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazadi.

Raqib sifatida Polshaning "Rakuv" jamoasi tanlangan. Mamlakatning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadigan klub ayni damda Ekstraklasada 3-o'rinda bormoqda. Jamoa o'tgan mavsumni 2-o'rinda yakunlagandi. Ushbu raqib bilan o'yin 19 yanvar kuni Belek shahrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Antaliya yig'inlari doirasidagi ilk o'yinda Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” (Niredxaza) bilan durang o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia