Navas: "Yaratgan rejalaringni o'zgartiradigan bo'lsa, demak, bu yaxshilikka"

Eldor Akmurzayev
3 sen 2019, 00:10
Xabaringiz bor, bugun Real darvozaboni Keylor Navas PSJ a'zosiga aylandi.

Navas parijliklar safiga kelib qo'shilganidan so'ng, yangi jamoasi haqida ilk fikrlarini bildirdi.

PSJ o'tganim uchun chindan ham xursandman. Ispaniyada o'ynaganimdan keyin, Fransiyaga katta umidlar bilan kelmoqdaman. PSJni Lotin Amerikasida nufuzli klub deb hisoblashadi va men bir necha yil oldin boshlangan sarguzashtlarimni davom ettirishni xohlayman. PSJ yangi unvonlarni qo'lga kiritishi uchun o'z tajribam va bor kuchimni sarflayman. Shuningdek, Yevropada nom qozongan parijlik muxlislarning yuragidan joy olishga harakat qilaman. Yaratgan rejalaringni o'zgartiradigan bo'lsa, demak, bu yaxshilikka bo'ladi. PSJdagi yangi chaqiruvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, – deydi Navas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/NavasKeylor