

Referi David Fernandes Borbalan 47-daqiqada Garet Beylga qizil kartochka ko'rsatdi hamda ikkita penalti belgiladi.
"Hakamlar haqida gapirishni istamayman. Ular ham odam va hamma xato qiladi. Ular o'z ishini bajarishmoqda. Biz o'z maqsadlarimizga erishishimiz uchun kurashni davom ettirishimiz lozim. "Real" futbolchilari maydonga doimo g'alaba maqsadida chiqadi.
Men har doim bor imkoniyatimni ishga solaman. Ha, bitta xatoga yo'l qo'ydi, kimdir meni tanqid qilishi mumkin, ammo doimo o'z o'yinimni kuchaytirishga harakat qilaman. Nimaga qodirligimni bilaman va "Real" safida o'ynayotganimdan xursandman" - deydi Navas.



