Navas Donnarummaning transferiga qaramay, PSJda qoladi

Alisher
14 iyul 2021, 18:24
Kosta-rikalik darvozabon PSJdan ketishni rejalashtirmayapti.

Donnarummaning Parij klubiga o'tishiga qaramay, rahbariyat 34 yoshli Navasni sotuvga qo'yishni ko'rib chiqmayapti va hattoki uning yangi mavsumda bosh darvozabonligiga ham o'zgartirish kiritmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, 30 iyunda "Milan" bilan shartnomasi yakunlangan Janluiji Donnarumma tez orada Fransiya klubiga o'tadi.

Navasning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN