

“Zidandek murabbiyning qo'l ostida “Real”da to'p tepishim mumkinmi? Albatta. Doima ham yaxshi futbolchidan yaxshi murabbiy chiqavermaydi. Ammo Zidanning murabbiylik faoliyati ajoyib kechmoqda. “Real” bilan dastlabki 32 ta uchrashuvida u Gvardiola, Pellegreni va Mourinyodan ko'proq ochko to'plashga erishdi. U “Real”ni Chempionlar ligasida g'oliblik sari etakladi va La ligada uning jamoasi anchadan buyon mag'lub bo'lmayapti. Turnir jadvalida ham yaqqol peshqadam. Uning uchun bu fantastik mavsum”.



