Nasri: "Manchester Siti"ni omadi keldi, chunki klub Chempionlar ligasini tark etganicha yo'q"

Aslanov Jasurbek
24 noya 2014, 17:19
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Samir Nasri o'z jamoasning "Suonsi" ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.

"Chelsi" bilan farq uzoqlashtirish kerak emas. "Suonsi"ni mag'lub qilishimiz shart edi. Ular o'yinni yaxshi boshlashdi, tezkor gol urishdi, ammo biz irodamizni namoyish etdik. "Bavariya" bilan o'yindan oldin bu g'alaba bizga  ishonch bizga ishonch bag'ishlaydi. Omadimiz keldi, chunki hozirda ham guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor.

"Bavariya" bilan o'yin biz uchun imkoniyat, bu uchrashuvda xuddi hech narsa yo'qotmaydigandek harakat qilish kerak. "Bavariya" bilan bahs "Suonsi"nikidan katta farq qiladi. Nemis grandining barcha poziciyalarida jahon darajasidagi futbolchilar harakat qiladi" - deydi Nasri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com