Nasri: "Faoliyatim yakunlandi deb o'ylagandim"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 11:26
"Vest Xem" yarim himoyachisi Samir Nasri diskvalifikaciya vaqtidagi hayoti haqida gapirdi.

"Meni 4 yilga futboldan chetlatishlari ham mumkin edi. O'sha vaqtlarda faoliyatim yakunlandi deb o'ylagandim. Shu boisdan boshqa ishlarni rejalashtirib yurgandim, biznes, savdo-sotiq, brend... Ammo "Vest Xem" menga ajoyib imkoniyatni taqdim qildi. Bundan juda ham xursandman", - dedi xavbek.

Fransiyalik futbolchi antidoping qoidalarini buzgani uchun bir yilga yaqin muddatni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yubordi. Uning londonliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum yakunlangunga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports