Nasri APL klubida mashg'ulot o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018
"Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri ayni damda "Vest Xem" safida mashg'ulot o'tkazyapti.

London klubi u bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti va so'nggi marta bir yil oldin maydonga tushgan futbolchining holatiga baho beryapti.

Fransiyalik futbolchi o'tgan haftada London klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Oldinroq, tomonlar 6 oylik shartnoma borasida kelishib olgani, bitim dekabr oyida kuchga kirishi e'lon qilingan edi.

2016 yilning dekabr oyida Nasri organizmida doping aniqlangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports