

Xavi jamoadoshlari safarda to'p tepishlariga qaramay “Ar-Rayyan”ni 2:0 hisobida taslim etishdi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida “Sadd”ning jazoirlik legioneri Hamrun hisobni ochgan bo'lsada, ikkinchi bo'limda aynan uning o'rniga maydonga tushgan hamyurti Bunija oradagi farqni ikkitaga oshirdi va “Al Sadd”ning ishonchli g'alabasini taminladi.
“Al Sadd” futbolchilari ayni paytda Qatar Yulduzlar ligasida 40 ochko bilan ikkinchi pog'onada borishmoqda.
OCHL doirasida “Nasaf” futbolchilari 5 mart kuni Qarshi shahrida “Al Sadd” bilan kuch sinashishadi.



