

"Nasaf" maydonida "Turon" saf tortsa, "Qizilqum" Navoiyda "Buxoro"ga qarshi to'p tepadi. Mazkur uchrashuvlardan oldin sobiq futbolchi Anvar G'ofurov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qizilqum" - "Buxoro"
- Navoiyliklar dastlabki turdagi yo'qotilgan uch ochkodan so'ng muxlislar oldida g'alaba uchun o'ynashi aniq. Murabbiylar shtabi "Buxoro"ning safardagi g'alabasini inobatga olib o'rganib chiqishgan. "Buxoro" mavsumni muvaffaqiyatli natija bilan boshlaganini ham inobatga olish lozim.
Imkoniyatlar: 55/45

"Nasaf" - "Turon"
- "Ajdarlar" o'tgan turda uylarida mag'lubiyatga uchradi. O'z muxlislaridan qarzi borligini inobatga olib maydonda oxirigacha kurashishadi va barcha imkoniyatlarini ishga solishadi. "Turon" ham mag'lubiyatdan kerakli xulosalarni olgan. Ular bu uchrashuvda ochko olish uchun harakat qilishadi.
Imkoniyatlar: 65/35
Abdulaziz Iskandarov



