"Nasaf"ning "Karpati"ga qarshi uchrashuvi baribir bo'lib o'tmadi

26 yanv 2014, 20:07
Kecha Antaliyada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Nasaf"ning so'nggi nazorat uchrashuvi noqulay ob-havo tufayli bo'lib o'tmagan edi.
Ertalab ukrain klubi rasmiy saytida ushbu uchrashuvni bugun 11:00 da bo'lib o'tishi borasida xabar berildi. Ammo "Nasaf" klubi matbuot xizmatining "CA" ga ma'lum qilishicha ushbu uchrashuv bo'lib o'tmagan va jamoa erta bilan Antaliyadan Istambulga uchib ketgan.

Manba: championat.asia