"Nasaf"ni OCHL-2014 pley-off uchrashuvida qo'llab-quvvatlashni xohlaysizmi?

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 22:36
"Nasaf" jamoasi muxlislar klubi faollari ajoyib bir tashabbus bilan chiqishdi.
Ular jamoaning OCHL-2014 pley offdagi Qatarning "Al-Jayish" jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvda bevosita stadionda turib qo'llab-quvatlashni maqsad qilishdi. Shuningdek ushbu tashabbusga qo'shilishni ixtiyor qilishgan muxlislarni ham o'z saflariga takif qilishmoqda.

Ushbu tashabbusga qo'shilishni yani jamoa muxlislari bilan birga "Al-Jayish" - "Nasaf" uchrashuvini Doxa shahridagi "Qatar SK" stadionida tomosha qilib, "ajdarlar"ga madad bo'lishni hohlovchilar jamoa muxlislar klubi faoli Ziyodulla Safarovga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +998 95 505 11 17.

Muxlislar klubi faollari sayyohlik firmalarining biri bilan safar rejalari va xarajatlarini oldindan kelishib olishgan. Safar quyidagi rejaga asosan uyushtiriladigan bo'ldi. 2014 yil 5 fevral kuni Toshkentdan Dubayga samolyotda parvoz qilinadi va o'sha kunning o'zida Dubaydan Doxaga boriladi u yerda mehmonxonalarning birida joylashishib,  8 fevralgacha Doxa shahrini tomosha qilishadi. 8 fevral kuni uchrashuvni tomosha qilishib, yana Dubay shahriga qaytib kelishadi. Muxlislar hohlashganidek "Nasaf" "Al-Jayish"ni mag'lubiyatga uchratsa, 15 fevralgacha BAAning Dubay va boshqa shaharlarining diqqatga sazovor joylariga sayyohatlar uyushtiriladi hamda jamoaning mashg'ulotlarini ham tomosha qilish imkoniga ham ega bo'lishadi. Shuningdek 15 fevral kuni "Nasaf" jamoasi ishtirokidagi navbatdagi pey-off uchrashuvini ham tomosha qilishadi. Demak, safar 5 fevraldan 16 fevralgacha, jami 11 kun davom etadi. 16 fevral kuni Dubay-Toshkent avia yo'nalishi bo'yicha yurtimizga qaytib kelishadi. Ushbu sayyohlik safari xarajatlari oldindan 5 000 000 so'm atrofida qilib belgilandi. Bunga avia chiptalar, mehmonxona xarajatlari, ovqatlanish, viza xarajatlari va boshqa transport xarajatlari ham kiradi. Safarga borishni hohlaganlar pasportlarida OVIR vizasi bo'lishi kerak.

Aziz "Nasaf" muxlisari agar sizda shunday hohish paydo bo'lsa, tez kunlarda Z.Safarovga yuqorida keltirilgan telefon raqami orqali murojaat qiling va o'zingizni qiziqtirgan boshqa savollaringizga ham javob olasiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz