"Nasaf"ni 2 nafar asosiy futbolchisi tark etdi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2019, 16:41
Superliga-2019 mavsumida qarshiliklar tarkibida harakat qilgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov hamda hujumchi Humoyun Murtazoev jamoadan ketdi.

O'tgan mavsumda Nasafda 1 yillik ijara muddati asosida to'p tepgan futbolchilarning transfer huquqi yangi mavsumdan e'tiboran Superligaga qaytgan Mashalga tegishli. Shu bois muborakliklar Abduraimov va Murtazoevni ortga qaytardi.


Bu ikki futbolchi Mashal akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Agarda Nasaf bu ikki futbolchini kelasi mavsum ham o'z safida ko'rishni istasa, unda futbolchilarning transfer huquqini sotib olishiga to'g'ri keladi. Mashal esa Superligada mazkur futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchi.


Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"dan ketadimi? Bu yil jamoaga nima yetishmadi? "Nasaf" bosh direktori bilan suhbat

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia