"Nasaf"ga tojikistonlik hujumchi kelishi mumkin

28 iyul 2022, 21:04
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ma'lumot berdi.

"Alen Mashovich "ajdarlar" tarkibiga qo'shilishi haqida ma'lumot bergan edik. Qashqadaryo klubi transfer oynasining oxirgi kunida 5-legionerni ham o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Ayni paytda tojikistonlik Sheriddin Boboev bilan muzokara o'tkazilmoqda. 

Ma'lumot uchun, 1999 yilda tug'ilgan forvard oxirgi 5 oyni Qozog'izstonning "Maktaaral" klubida o'tkazib, iyulning boshida erkin agentga aylandi. Premer-ligada 442 daqiqa o'ynagan Boboev raqib darvozasiga yo'l topa olmagan.

23 yoshli hujumchi ayni paytda Tojikiston terma jamoasidan ham doimiy ravishda chaqiruv oladi. U o'tgan yilni Malayziyada o'tkazgan edi.

Fakt: Sheriddin Boboev 2019 yilda Tojikiston chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan", - deyiladi xabarda.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia