"Nasaf": Yosh futbolchilarimiz Qatardagi uchrashuvlarni mag'lubiyat boshlashdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2018, 15:37
Avval xabar qilganimizdek, "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar Qatarda bo'lib o'tayotgan xalqaro turnirdagi ishtirokini boshlashdi.

Kecha jamoalar turnir mezbonlari – “Aspire” akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuvda quyidagi natijalar qayd etildi.

“Aspire” (U-18) – “Nasaf” (U-18) 2:0
“Aspire” (U-17) – “Nasaf” (U-17) 3:0
“Aspire” (U-15) – “Nasaf” (U-15) 2:2. Penaltilar seriyasi: 3:1

Bugun yosh futbolchilar Tunisning “Etoulie Du Sahel” akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz