Aspirilya Minaning “Barselona”ga o'tganini e'lon qildi

Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Faustino Aspirilyaning aytishicha, unig hamyurti, “Palmeyras” himoyachisi Yerri Mina faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi.

“Barselona”ga xush kelibsan, Yerri Mina” deya qayd qoldirdi Aspirilya Tvitterdagi sahifasida.

Shu tariqa 23 yoshli futbolchi ko'k-anorranglilarning yanvar transferlar oynasidagi ilk xaridiga aylandi. 

Ilgariroq futbolchining transferi “Barselona”ga 14 million evroga tushganligi haqida xabarlar chiqqandi.


Manba: Фаустино Аспирильянинг Твиттер саҳифаси