

Terma jamoa yig'inidan jamoamiz safiga qaytib kelgan Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev va Sharof Muhitdinovlarning mashg'ulot payti kayfiyatini kuzatdik. Suratda ko'rib turganingizdek, yosh va kelajagi porloq futbolchilarimizning kayfiyati a'lo darajada. Ular katta ishtiyoq bilan astoydil bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishmoqda.



