"Nasaf" O'zbekiston MTJ a'zosini tarkibga qo'shib oldi

Tolibjon Qosimov
9 fev 2023, 12:32
Superliga klublari bo'lajak mavsumga tayyorgarlik va tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Yodingizda bo'lsa, 6 fevral kuni saytimizda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi hisoblangan Aziz Amanovga "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari qiziqishayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! Aziz Amonovga "Paxtakor" va "Nasaf" qiziqish bildiryapti

"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra Aziz Amanov "Nasaf"ga o'tdi. Futbolchi kecha "ajdarlar" istiqomat qilayotgan Antaliyadagi "Royal Seginus Hotel"ga kelib joylashgan va bugundan jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.

Amonov 2022 yilning boshida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan Eronning "Istiqlol" klubiga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia