Nasaf yana bir futbolchisidan ayrildi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020, 23:05
Qarshining Nasaf jamoasi o'z yetakchilarini yo'qotishda davom etmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, ajdarlar safida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan Doniyor Narzullaev jamoa lagerini tark etgan.

24 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum Superligada 23ta o'yin (1068 daqiqa) o'tkazib, 1ta gol muallifi bo'lgan.

Narzullaev Nasafni erkin agent sifatida tark etgan. Katta ehtimol bilan Doniyor Bekobodning Metallurg klubiga ko'chib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia