"Nasaf" Turkiyada yana ikkita o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 12:55
Qarshining "Nasaf" klubi 10 yanvardan buyon Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazayotgganidan xabaringiz bor.
Jamoa shu kunga qadar uchta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. E'tiborlisi, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ularning uchalasida ham g'alabaga erisha olishdi.

Albaniyaning "Kukesi" klubi 2:1 hisobida, Qozog'istonning "Shaxtyor" klubi 2:1 hisobida, Qozog'iston olimpiya terma jamoasi esa 3:2 hisobida taslim qilindi.

Endi 22 yanvar kuni "Nasaf" Ukrainaning "Vorskla", 25 yanvarda "Karpati" klubiga qarshi o'ynaydi. Tarkibga yangi futbolchilar qo'shilishmagan.

"Ajdarlar" 26 yanvar kuni O'zbekistonga qaytishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia