"Nasaf" Turkiyada Moldova klubiga mag'lub bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Qarshining "Nasaf" klubi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Antaliya shahridagi 8-o'rtoqlik uchrashuvida "ajdarlar" Moldovaning "Balti" klubiga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli o'tgan bahsda raqib zafar quchdi. Dastlab hisobni ochgan "Nasaf", tanaffusgacha ikkita to'p o'tkazib yubordi. 

E'tiborlisi, birinchi bo'lim oxirida Javohir Sidiqovning o'n bir metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasidan keyin raqib darvozaboni to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Ta'kidlab o'tamiz, "Balti" jamoasi o'tgan mavsum Moldova Superligasida 5-o'rinni egallagan.


Xalqaro o'rtoqlik o'yini
"Nasaf" 1:2 "Balti" (Moldova)
Gollar: Sharof Muhitdinov 1:0 (5'), Obekop 1:1 (38'), Martins 1:2 (41' pen)
Gol urilmagan penalti: Javohir Sidiqov 45'

"Nasaf": 35.AbduvohidNe'matov, 5.G'olibG'aybullaev, 6.MurodbekRahmatov, 8.ZafarmurodAbdirahmatov, 9.JavohirSidiqov, 14.SharofMuhitdinov, 22.IgorGolban, 30.SuhrobNurulloev, 33.BahodirHalilov, 79.AzizjonAhrorov, 99.RubinHebay.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Oleksandr Vorobey, HusaynNorchaev,OybekBozorov,AkmalMozgovoy,SardorBahromov, DiyorbekAsomiddinov,DavronebkUsmonov,DilshodMurtazaev.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia