"Nasaf" Turkiya yig'inidagi ilk nazorat uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi

13 yanv 2014, 20:35
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bu haqida "Nasaf" klubi tvitteri xabar bermoqda.


Ushbu o'yinda "Nasaf" futbolchilari raqiblari darvozasini ikki bor ishg'ol etishga erishdi. "Nasaf"ning gollariga Alisher Yusupov va Farrux Sayfievlar mualliflik qildi.


"Nasaf" - "Kukesi" (Albaniya) 2:1

Gollar: Alisher Yusupov, Farrux Sayfiev.


"Nasaf"ning Antaliya yig'ini doirasida keyingi raqibi Qozog'istonning "Shaxtyor" jamoasi bo'ladi. O'yin 15 yanvar kuni o'tkaziladi.



Manba: championat.asia