"Nasaf" to'rtinchi bor, "Bunyodkor" oltinchi bor finalda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013, 12:24
Kecha O'zbekiston kubogining bu yilgi finalchilari nomi ma'lum bo'ldi.
Qarshining "Nasaf" klubi o'z uyida "Paxtakor"ni mag'lub etib finalga chiqqan bo'lsa, bir kun oldin "Bunyodkor" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib hal qiluvchi bahsga yo'llanma olgandi.

"Nasaf" bu bilan ketma-ket uchinchi bor, umumiy esa to'rtinchi bor O'zbekiston kubogi finaliga yo'l oldi. Bunga qadar "ajdarlar" 2003, 2011 va 2012 yillarda finalda o'ynashgan. Biroq uchala o'yinda ham raqiblar "Nasaf"ni mag'lub etishgan.

2006 yil tashkil topgan "Bunyodkor" esa o'z tarixida oltinchi marta mamlakat kubogi finalida o'ynaydi. Takidlash lozimki, o'tgan yilgi finalda "qaldirg'ochlar" aynan "Nasaf"ni yirik hisobda mag'lub etishgandi. Shu kunga qadar bo'lib o'tgan beshta finalning uchtasida "Bunyodkor" g'olib bo'lgan va O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan.

Bu safar kubok qaysi jamoaga nasib etishini esa 25 sentyabr kuni bilib olamiz.

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia