“Nasaf” tayyorgarlik mashg'ulotlariga kirishdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 21:59
Davralar oralig'idagi qisqa tatilga chiqqan jamoamiz, bugundan tayyorgarlik mashg'ulotlariga kirishdi.

Mashg'ulotlar Qarshi shahridagi klubimiz qarorgohida olib borilmoqda.

Mashg'ulotlarda Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-22 terma jamoamiz yig'iniga jalb etilgan futbolchilarimiz ishtirok etishmayapti. Bular  Doniyor Narzullaev, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Umidjon Ergashev, Azizjon G'aniev va Odiljon Hamrobekovlar.

Legionerlarimiz Dragan Cheran va Igor Golban ertaga jamoa qarorgohiga yetib kelishadi va mashg'ulotlarga kirishadi.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'zingizga ma'lum jamoamizni darvozabon Eldorbek Suyunov va himoyachi Sherzod A'zamovlar rasman tark etishgan. Ushbu futbolchilar endi “Paxtakor” klubida faoliyatlarini davom ettirishadi.

Jamoa tarkibiga yangi futbolchilar qo'shilishi kutilmoqda, bu haqda yaqin kunlarda aniq ma'lumot beramiz.

“Nasaf” ikkinchi davra tayyorgarliklari yuzasidan 17 iyul kuni Toshkentda “Navbahor” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 18 iyul kuni esa jamoa tibbiy nazoratdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz