"Nasaf": Tarbiyalanuvchilarimiz "Kaluga Junior Cup 2017" xalqaro turnirida ishtirok etishadi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017, 17:05
“Nasaf” futbol maktabining Pavel Fedorovich Kshnyakin qo'li ostidagi 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz Rossiyaning Kaluga shahrida o'tkaziladigan "Kaluga Junior Cup 2017" xalqaro turnirda ishtirok etishadi.

17-23 iyun kunlari Rossiyaning Kaluga shahrida ikkinchi marta "Kaluga Junior Cup 2017" xalqaro turniri bo'lib o'tadi. Ushbu turnirda O'zbekistonning faqat ikki klubi – “Nasaf” va “Paxtakor” tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishadi.

Tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoamiz bugun Qarshidan Toshkentga shahriga jo'nab ketishdi. Delegaciyamiz ertaga ertalab Toshkentdan Rossiyaga parvoz qilishadi.

Ma'lumot uchun, o'tgan yilgi musobaqada Dilshod Nuraliev boshchiligidagi “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchilari ushbu turnirda g'olib bo'lishgan. 2015 yili esa Minskning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchilari bosh sovringa egalik qilishgan.

Quyida guruh bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing

“A” guruhi

“Kaluga” FK (Kaluga, Rossiya)

“Dinmao” (Minsk, Belorusiya)

“Nasaf” (Qarshi, O'zbekiston)

“Ponedelnik nomli akademiya” (Rostov na Donu, Rossiya))

“V” guruhi

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston)

“Chertanovo” (Rossiya)

“Arsenal” (Tula, Rossiya)

“Super Nova” (Riga, Latviya)

Turnirning guruh bosqichi taqvimi

1-tur. 18 iyun

12:00. Dinamo  Minsk – Nasaf

12:30. Kaluga – Ponedelnik nomli akadaemiya

15:00. Tantanali ochilish

16:00. Chertanovo – Arsenal

17:30. Paxtakor  – Super Nova

2-tur. 19 iyun

12:00. Super Nova – Chertanovo

13:30. Ponedelnik nomli akadaemiya – Dinamo Minsk

15:00. Nasaf – Kaluga

16:30. Arsenal – Paxtakor

3-tur. 20 iyun

12:00. Nasaf - Ponedelnik nomli akadaemiya

13:30. Chertanovo – Paxtakor

15:00. Super Novo – Arsenal

16:30. Kaluga – Dinamo Minsk

Yosh futbolchilarimizga xalqaro turinirda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz