Nasaf sobiq darvozaboni va yana ikki nafar futbolchi. Qo'qon-1912 uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Khoja
30 iyul 2024, 08:25
Qo'qon-1912 jamoasi ikkinchi davra oldidan yana uch nafar futbolchini jamoaga qo'shib olganini e'lon qildi.

 Qo'qonliklar Nasaf sobiq darvozaboni Azamat Soyibov, Nasaf akademiyasi tarbiyalanuvchisi, ukrainalik Egor Kondratiuk va Andijon himoyachisi Asadbek Xabibullaev bilan shartnoma tuzdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qo'qon-1912 jamoasi Husniddin G'ofurov bilan shartnoma tuzganini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia