"Nasaf" "Paxtakor"ga o'tib ketgan futbolchisini ortga qaytardi

2 fev 2020, 22:45
Qarshiliklar o'tgan mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan Dilshod Rahmatullaev bilan kelishuvga erishdi.

Klub rahbariyati Aziz G'aniev legionerga aylangach, jamoaning markaziy yarim himoyasini kuchaytirishga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Markaziy yarim himoya chizig'iga "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Dilshod Rahmatullaev qaytarildi. Klub futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Saytimizga ma'lum qilinishicha, Rahmatullaev 5 fevral kuni "Nasaf" bilan Turkiyadagi yig'inga jo'nab ketadi.

Ma'lumot uchun, Rahmatullaev 2016-2018 yillarda "Nasaf"da o'ynagan va 2018 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga o'tib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia