

2015 yilgi O'zbekiston kubogi finalida Toshkentning "Bunyodkor" va Qarshining "Nasaf" klublari to'qnash kelishadi. O'yin Jizzax shahridagi yangi "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi.
Finalning dastlabki bo'limida hisob ochilmadi. 63-daqiqada Akrom Komilov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. 71-daqiqada Artur Gevorkyan jarima to'pini chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi, Zuhurov to'pni qaytara olmadi - 0:1. 75-daqiqada Gevorkyanning burchakdan uzatib bergan to'pini Sherzod A'zamov darvozaga yo'lladi - 0:2.
82-daqiqada Sato Minorining zarbasidan so'ng to'p Sherzod A'zamovga tegib darvozaga borib tushdi - 1:2. Shu hisob o'yin oxiriga qadar saqlanib qoldi va "Nasaf" o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi!
O'zbekiston kubogi. Final
Bunyodkor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 1:2
17 oktyabr 2015. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Baxtiyor Namozov (Toshkent)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Artur Gevorkyan 71, - 0:1. Sherzod A'zamov 75, - 0:2. Sherzod A'zamov 82 (avtogol), - 1:2.
Bunyodkor: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 6.Anvar G'ofurov (S), 7.Shaker Zuagi, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 17.Dostonbek Hamdamov (77.Viktor Karpenko, 80), 19.Zabihillo O'rinboev (14.Vohid Shodiev, 74), 22.Rustamjon Ashurmatov, 39.Eldor Shomurodov, 48.Akramjon Komilov
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Samir Bekrich, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 88.Anvar Rajabov
Nasaf: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov (41.Azamat Allaniyozov, 89), 17.Artur Gevorkyan (S), 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Erkin Boydullaev, 22.Shoxruh Gadoev (32.Xamza Karimov, 90+2), 23.Sherzod A'zamov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farruh Sayfev
Zaxira: 30.O'tkir Yusupov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Akramjon Bahriddinov, 10.Kenja To'raev, 16.Alisher Yusupov.
Ogohlantirishlar: Ivan Miloshevich 14, Shuhrat Muhammadiev 30, Akrom Komilov 39,
Chetlatish: Akrom Komilov 64 (2SK)

Uchrashuvning matnli translyatsiyasini maxsus sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.



