Nasaf uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi FOTO

Narzulla Saydullayev
13 fev 2019, 11:37
Yangi mavsum oldidan "Nasaf" tarkibiga bir qator futbolchilarni qo'shib oldi.

Muborakning “Mashal” klubidan ikki nafar futbolchi - Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov ajdarlar safiga kelib qo'shilishdi.

Humoyun Murtozaev Muborakning Mashal jamoasi tarkibida oxirigi to'rt mavsumda 104 ta bellashuvda maydonga tushib, 27 bor raqib raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.



Markaziy himoyachi Sardor Abduraimov  muborakliklar safida 74 uchrashuvda to'p tepib,  7 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan.



Bundan tashqari jamoa o'z ananalariga sodiq qolgan xolda Nasaf futbol maktabi tarbiayalanuvchilarini ham tarkibga jalb etmoqda.  Umidli yosh darvozabon Abduvohid Ne'matov bilan ham professional shartnoma imzoladi. Abduvohid  2018 – yilgi Superliga U-18  birinchiligida O'zbekiston chempioni bo'lgan edi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz