“Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi G'uzorda bo'ladi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 11:10
O'zingizga ma'lum, “Nasaf” jamoasi 4 noyabr juma kuni oliy liga 28-turi doirasidagi uchrashuvda Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Yaqinda “Nasaf” jamoasining uy uchrashuvlari bo'lib o'tadigan  - “Markaziy” stadionda keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari boshlandi. Stadion zamon talablariga mos ravishda, butunlay boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.

Shu munosabat bilan, “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi 4 noyabr juma kuni G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Shuningdek milliy chempionatimizning oxirgi, 30-turdagi Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi uchrashuv ham G'uzorda o'tkaziladi.

Ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs, har doimgidek Qarshi shahridagi “Sputnik” qo'rg'onida joylashgan yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 3 noyabr payshanba kuni soat 15:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz