Sevimli jamoamiz o'sha kuni O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvini o'z maydonida “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Zero, dastlabki safarda bo'lgan uchrashuvda golsiz durang natijani qayd etgan “ajdarlar”da finalga chiqish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi o'z shogirdlarini ushbu uchrashuvga puxta tayyorlash uchun bor bilimi va harakatlarini ayamayotganiga shubhamiz yo'q. Qolaversa jamoamiz ushbu uchrashuvga juda yaxshi kayfiyat bilan maydonga tushadi. Oliy liganing o'tgan 16-turida ular safarda “Dinamo” jamoasini ishonchli 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Raqibimiz “Paxtakor” jamoasi esa o'z maydonida mag'lubiyat alamini tortib ko'rdi. Ammo raqibimiz hoh o'z maydonida bo'lsin, hoh safarda bo'lsin osonlikcha taslim bo'ladigan jamoa emas.
Xo'sh, biz - “Nasaf” muxlislari mana shu muhim uchrashuvda jamoamizni g'alaba qozonishini hohlaymizmi? Albatta! Buning uchun nima qilishimiz kerak? Mana shu oldimizda turgan eng muhim va dolzarb masala.
Sevimli “Nasaf” jamoamiz bu yilgi mavsum oldidan tarkib borasida katta yo'qotishlarni boshdan kechirdi, bu holat muxlislarda katta xavotir o'yg'otdi. Ko'pgina muxlislar tushkunlikka tushib qolishganidan xabarimiz bor. Hattoki, jamoamizning biron ko'zga ko'rinadigan natijaga erishishiga ularda ishonch ham qolmadi. Esimizda, mavsum boshlanguncha juda ko'p muxlislarni “yupatish”ga to'g'ri keldi. To'g'risi, bazan o'zimizda ham “gumon”lar “bosh ko'targan” paytlar bo'ldi.
Ammo, ko'nglimizning bir chetida KATTA UMID ham bor edi. To'g'rida, jamoamizning eng vafodor insoni – Ro'ziqul Berdiev yana jamoaga bosh murabbiy bo'ldi. Qolaversa, eng muhimi “Nasaf” – bu bizning sevimli jamoamizdir, boshqasiga yuragimiz jiz etmaydi, qachon bo'lsa, fikru-xayolimiz jamoamiz tomon “chopqillaveradi”.
Hayriyatki, bugungi kunda hammasi ko'ngildagidek. “Nasaf”da o'tmishda futbolchi sifatida muxlislar qalbida allqachon o'zlariga “haykal” qo'yib qo'yganlar bugun jamoani boshqarishmoqda. Ularning tinimsiz mehnati va intilishlari evaziga bugun “Nasaf” yana qaddini tikladi. Sevimli jamoamiz “jimgina” o'z yo'lidan borib, bugun endi chempionlikka ham asosiy davogarlardan biri bo'lmoqda. Yana bir muhim voqea jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev joriy yilda mamlakatimizdagi hurmatli OAV vakillari tomonidan ketma-ket uch marta “eng yaxshi murabbiy”- kabi katta etirofga sazovor bo'ldi. Axir deyarli “tarqab” ketgan jamoada yana qaytadan to'rt-besh “oqsoqol” o'yinchilar qatori hali biron-bir jiddiy o'yinda maydonga tushmagan tajribasi kam bo'lgan yoshlarni birlashtirib, yaxshigina ahil, misli bir oiladek jamoani tuzish har qanday tajribali murabbiyni ham qo'lidan kelavermaydi-ku? Buni Ro'ziqul Berdiev uddaladi. Ofarin!
Aytingchi shunday jamoani sevmay bo'ladimi? Yo'q albatta.
Endi muddaoga kelsak, xulosa shuki biz muxlislar jamoamizga bo'lgan muhabbatimizni endi amalda isbot qilish vaqti keldi. Bunga ko'p emas, oz emas birgina bizdan talab qilinadigan narsa, o'yin kuni Markaziy stadionga tashrif buyurib, jamoamiz bilan birga bo'lish.
Shu erda jamoamizning haqiqiy muxlislariga qoyil qolgan paytlarimizdagi bir voqea esimizga tushadi, 2012 yil 6 mart kunini bir eslang, o'shanda sevimli jamoamiz BAAning “Al-Jazira” jamoasiga qarshi OCHL-2012ning birinchi o'yinini o'tkazishi kerak edi, ammo uchrashuv boshlanishiga ikki soatlar qolganda ob-havo aynib, qor yog'a boshladi. Uchrashuv boshlanish vaqtiga kelib, maydon-u minbarlarni to'ldirib o'tirgan muxlislar ustini qalin qor qopladi, havo harorati ancha sovub ketgan bo'lsada, “Nasaf”ning aziz va sodiq muxlislari joylaridan qimirlamasdan uchrashuv boshlanishini kutib o'tirishdi. Oqibatda ob-havoning noqulayligi tufayli o'yin 7 mart kuniga qoldirildi. Mana sizga sodiq muxlislarning qanaqa bo'lishi.
Ushbu yozganlarimizdan muddao shuki, mana shunday sodiq muxlislar 22 avgust kuni ham o'zimizning eng yaxshi ko'rgan Markaziy stadionni to'ldirib o'tirib, jamoamizga madad bo'lishsa, biz g'alabani qo'lga kiritishimizga hech shubha qilmasa ham bo'ladi. Zero, buni biz sevgan jamoa murabbiylari-yu, o'yinchilarimiz ham bizdan kutishmoqda. Axir ular o'sha kuni faqat bizni xursand qilish uchun maydonga tushishadi va biz uchun maydonda javlon urishadi!
Aziz muxlislar! Siz o'zimizning sevimli “Nasaf” jamoamizni, kubok o'yinlarida ko'plab “to'xtatgan” azaliy va principial raqibimiz ustidan g'alaba qozonishini hohlaysizmi? Unda 22 avgust payshanba kuni hammalaringizni Markaziy stadionda kutamiz! Olg'a “Nasaf”!
Bir guruh “Nasaf”ning faol muxlislari