“Nasaf” muxlislari Farg'onaga jo'nab ketishdi

23 may 2015, 07:08
Bugun Farg'onada Oliy liga 10-turining markaziy uchrashuvida “Neftchi” va “Nasaf” o'zaro kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv nafaqat turning markaziy uchrashuvi balki, xorijiy futbol termini bilan ataganda haqiqiy derbi bo'lishiga ham shubha yo'q.

Ana shu uchrashuvda “Nasaf”ga dalda bo'lish uchun kecha ko'p sonli futbol ishqibozlari Farg'ona shahri tomon yo'lga chiqishdi.

Shu yerda alohida takidlash joizki, “Nasaf”ning OCHLdagi deyarli barcha o'yinlarida Farg'onalik futbol ishqibozlari haqiqiy ishqibozlik qilishdi. Vodiylik muxlislar “Nasaf”ning safardagi va o'z maydonidagi uchrashuvlarga ham masofa juda uzoq bo'lsada, kelib tomosha qilishdi. Bu albatta tahsinga va ehtiromga sazovordir.

Ikkala viloyat muxlislarida allaqachon do'stlik rishtalari ham rivojlanib ketgan. Shuning uchun yo'l uzoq bo'lsa ham, vohalik muxlislar Farg'onaga futbolga, do'stlar huzuriga yo'l olishdi. Bu keyingi paytda anana tusiga kirib bormoqda.

Bugun esa, har ikkala jamoa muxlislari o'z seviklariga muxlislik qilishadi. Ularga omad tilab qolamiz!

Ziyodulla Safarov.


Manba: voha.uz