“Nasaf” Muborakda “Mashal” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 12:41
O'zbekiston Kubogi nimchorak finali javob uchrashuvidan keyin "Nasaf" futbolchilariga qisqa muddatli tatil e'lon qilingan edi.

Ayni paytda futbolchilar dam olishmoqda. Navbatdagi 13-tur uchrashuviga tayyorgarliklar 4 iyun yakshanba kunidan boshlanadi. Shu kuni “ajdarlar” Qarshi shahridagi qarorgohlarida yig'ilishadi.

Murabbiylar 8 iyun payshanba kuni Muborakda, “Mashal” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. Ushbu uchrashuv B.Vafoev nomidagi markaziy stadionda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” 13-tur uchrashuvini safarda G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv 15 iyun payshanba kuni,  G'uzorda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz