"Nasaf" klubi direktori FIFA taqiqi qachon olib tashlanishini aytdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2022, 19:21
Qarshining "Nasaf" klubi yangi bosh direktori Alisher Yusupov bugun jamoa muxlislari bilan uchrashuvda qatnashdi va bir qator savollarga javob berdi.

- FIFA tomonidan klubga qo'yilgan transfer taqiqi qachon olib tashlanadi?
- Taqiq olinish jarayonida. Hujjatlar FIFAga berilgan. Xudo hohlasa bugun hal bo'ladi. FIFA tomonidan rad etish holati bo'lmaydi. Sababi ikki tomon ham kelishuvga erishgan. Ayni paytda FIFAdan javob xati kutyapmiz", - dedi "Nasaf" klubi bosh direktori Alisher Yusupov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia