"Nasaf": Kenja To'raevni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
5 noya 2014
Kecha Qarshi shahridagi “Osiyo” to'yxonasida jamoamiz ishqibozlarining sevimli futbolchisi Kenja To'raevning visol oqshomi bo'lib o'tdi.
Shu kuni futbolchining yaqinlari, jamadosh do'stlari kuyovbolani chin dildan tabriklashdi. Tadbirda “Nasaf” bosh menejeri Shamil Yarulin va jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev so'zga chiqishib, Kenja va Gulbahorga yangi hayot ostonasida baxt, omad tilashdi.

Biz ham Kenjaga oilaviy baxt, shirin-shakar farzandlar tilaymiz. Doim el ardog'idagi inson bo'lib yurish nasib etsin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz