“Nasaf” kecha Qarshida yig'inni boshladi FOTO

Omonjon To`xtamirzayev
16 dek 2014
O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi Qarshining “Nasaf” klubi futbolchilari kecha o'z bazasida yig'ildi.

"Nasaf" futbolchilari qishki tatilni yakunlab 15 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi", - deb xabar bermoqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o'tamiz, "ajdarlar" OCHL-2015ning 1-turini 24 yoki 25 fevral kuni Eronning "Traktorsozi" klubiga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia