"Nasaf": Ilhom Shomurodov ertaga o'ynaydi

25 avg 2015, 23:55
"Nasaf" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi jamoa hujumchisi Ilhom Shomurodov safga qaytganini ma'lum qildi.

"Nasaf" hujumchisi Ilhom Shomurodov jarohati tufayli "Buxoro"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.

Futbolchi jarohatidan forig' bo'lgan va ertaga "Qizilqum" bilan bo'ladigan bahsga tayyor.

"Ilhom Shomurodov bugun o'yin oldi mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi va ertaga maydonga tushishga shay holatda", - deyiladi klubning tvittyerdagi rasmiy sahifasida.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia