

Jamoamiz safiga yil boshida kelib qo'shilgan Mamatkazin o'zining mahoratli futbolchi ekanligini isbotlab ulgurdi. Uning mazmunli o'yinlari muxlislarimiz etirofiga sazovor qildi.
Klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha muxlislari nomidan Ildarning bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz, unga mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Nimaiki orzu istaklari bo'lsa, hammasi ro'yobga chiqishiga tilakdoshmiz.
Tug'ilgan kun muborak bo'lsin, Ildarjon!
“Nasaf” PFK jamoasi



