Nasaf hamda Paxtakor - dastlabki o'yin mezbonlari

Omonjon To`xtamirzayev
1 avg 2015, 12:16
O'zbekiston Kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvlarini o'z maydonida qabul qiladigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Qur'aga ko'ra, o'z juftliklarida yarim finalning dastlabki o'yinlariga Nasaf hamda Paxtakor klublari mezbonlik qiladilar.

O'zbekiston Kubogi. 1/2 final.
Dastlabki uchrashuvlar. 12 avgust (chorshanba)
Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent)
Paxtakor (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)

Javob uchrashuvlari 15-16 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfl.uz