
Bugun 8 iyul kuni “Nasaf” futbolchialari Chig'atoyda joylashgan “Futbol-Med” tibbiy markazida tekshiruvdan o'tishadi va 12 iyul sanasidan boshlab jamoaning barcha a'zolari klubning Qarshidagi qarorgohida to'planishadi. Jamoamiz bosh murabbiyining aytishicha, ikkinchi davraga tayyorgarlik Qarshi shahrida olib boriladi va bu orada ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchilarimiz ikkinchi davra bellashuvlarini 3 avgust kuni Samarqandda “Dinamo” jamoasiga qarshi boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchilarimiz ikkinchi davra bellashuvlarini 3 avgust kuni Samarqandda “Dinamo” jamoasiga qarshi boshlashadi.