

Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov xabar bermoqda.
Bir necha kun avval jamoani Slavko Lukich tark etgani haqida yozgandik. Endi ma'lum bo'lishicha, Dragan Cheran ham qarshiliklar bilan rasman xayrlashgan.
Bu haqda Shahboz Beg'amovga Cheranning o'zi ma'lum qilgan.
Ayni paytda Cheran "Paxtakor" taklifi haqida bosh qotirmoqda. "Paxtakor" Dragan Cheranni qo'lga kiritishga jiddiy qiziqmoqda. Tez orada tomonlar kelishuvga erishsa, unda Cheran mavsumning qolgan qismini "Paxtakor"da o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Nasaf"ni Jasur Hasanov hamda Slavko Lukich singari yetakchilar tark etishgandi. Ular safi endi yana bir futbolchiga ko'paydi. Shuningdek, Igor Golbanning ham "Nasaf"dan ketgani haqida norasmiy ma'lumotlar bor. Ammo hozirda Golban bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi.

"Nasaf"dagi bu yo'qotishlar klubda yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli sodir bo'lmoqda. "Nasaf" ko'plab yetakchi futbolchilarini maosh va mukofot pullarini to'lashga qiynalmoqda. Shu boisdan ham bir qator futbolchilar jamadon kayfiyatiga tushib qolishgan.



