"Nasaf" dohaga 20 nafar futbolchi bilan yetib bordi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018, 11:16
Bugun Qarshining "Nasaf" klubi delegaciyasi Qatar poytaxti Dohaga shahriga yetib bordi. Qatarda "Nasaf"ni “Al Sadd” rasmiylari aeroportda munosib kutib olishdi.

Qatar safariga “Nasaf” 20 nafar futbolchini olib bordi.


Darvozabonlar: 35.Sanjar Quvvatov, 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon Muhammadjonov.
Himoyachilar: 4.Maqsud Karimov, 5.G'olib G'aybullaev, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 92.Umarbek Eshmurodov.
Yarim himoyachilar: 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Sanjar Rashidov, 20.Islom Kenjaboev, 21.Jahongir Aliev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy, 77.Jasur Hasanov.
Hujumchilar: 10.Bobir Abduxoliqov, 30.Xudoyorxon Sagdullaev, 69.Dragan Cheran.

"Nasaf" delegaciyasi Doha shahridagi “Millennium” mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

O'zingizga ma'lum, “Nasaf” 13 mart seshanba kuni, OCHL-2018 4-tur doirasidagi “Al Sadd” jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Uchrashuv Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bugunning o'zida mashg'ulot ham o'tkazadi. Ertaga, 12 mart dushanba kuni o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz