

"Nasaf" jamoasining BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga ko'rikdan o'tgan chernogoriyalik himoyachi Deyan Bolevich "Nasaf" jamoasi bilan bitimga imzo chekkan.
Futbolchi avvaliga Toshkentda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olmagandi. Biroq kuni kecha himoyachi qayta tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.

Deyan Bolevich bugungi O'zbekiston superkubogi oldidan o'tkazilgan mashg'ulotda ishtirok etdi va ertangi bahsda maydonga tushishi mumkin



