"Nasaf" Bobir Abdixoliqovning transferini e'lon qildi

Alisher
3 fev 2024
Xabar tasdiqlandi.

"Nasaf" O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib oldi.

"Nasaf" futbol klubi O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va o'tgan mavsumda Qozog'iston chempioni va chempionat to'purari bo'lgan o'z tarbiyalanuvchisi Bobir Abdixoliqovni ortga qaytardi.

Hujumchi jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi 2024 yil oxirigacha klubimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Bobir Abdixoliqov 2015-2020 yillar davomida jamoamiz safida to'p surgan. Shu davr mobaynida hujumchi klub tarkibida jami 134 ta o'yin o'tkazib 50ta gol urgan.

O'z uyingga xush kelibsan, Bobir!", - deyiladi klub xabarida.


→ Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqovning yangi klubi ma'lum bo'ldi


AlisherMuallif
Manba: championat.asia