

Yig'in davomida futbolchilarimiz to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Dastlab Janubiy Koreya chempioni “Chonbuk Motors” jamoasi ikkita tarkibda uchrashuv o'tkazilgan bo'lsa (0:0, 3:5), keyingi bahsda Xitoyning “Xenan” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. So'ngi bahs esa Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi bilan o'tkazildi (2:4).
“Nasaf” delagaciyasi 7 fevral kuni Sharja-Toshkent aviayo'nalishi orqali yurtimizga qaytib keladi. Qisqa tanaffusdan keyin futbolchilarimiz Qarshidagi qarorgohlarida to'planishadi va 17 fevral kuni “Paxtakor”ga qarshi O'zbekiston superkubogi uchun kechadigan bahsga tayyorgarlikni boshlashadi.



