“Nasaf” – “Al-Ayn” uchrashuvoldi matbuot anjumaniga taklif etamiz

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016, 19:57
Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi “Nasaf” – “Al-Ayn” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Matbuot anjumani Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida ertaga 18 aprel dushanba kuni bo'lib o'tadi. Matbuot anjumanining soat 12:15da boshlanadigan birinchi qismida “Al-Ayn” jamoasi bosh murabbiyi – Zlatko Dalich va jamoaning yetakchi o'yinchilaridan biri ishtirok etadi.
 
Matbuot anjumaning ikkinchi qismi soat 12:30da boshlanadi. Unda jamomiz bosh  murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda yetakchi o'yinchilarimizdan biri ishtirok etadi.
 
Klub menedjerlari ishtirokidagi miting soat 14:00da boshlanadi.
 
Joriy yil Osiyo chempionlar ligasi akkreditatsiyasidan o'tgan barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz