"Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Ribeyro

Nadirkhuja Yuldashev
7 apr 2015, 21:47
Qarshida bo'lib o'tgan OCHL doirasidagi "Nasaf" - "Al Ahli" (0:1) uchrashuvida mehmonlarning g'alaba to'pi muallifiga aylangan Everton Ribeyro bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Everton Ribeyro 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuvning 81-daqiqasida o'yin taqdirini hal etgan gol muallifiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, BAAning "Al Ahli" klubi bugun Qarshida "Nasaf"ni minimal hisobda mag'lub etdi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia