"Nasaf": 4 nafar futbolchimiz MTJdan chaqiruv oldi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2015, 09:51
O'zbekiston milliy terma jamoasining 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi ishtiroki munosbati bilan “Nasaf”ning 4 nafar a'zosi mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv oldi.

Bular darvozabon Eldorbek Suyunov, himoyachi Shuhrat Muhammadiev, yarim himoyachilar Shohruh Gadoev hamda Farruh Sayfievlardir. Quvonarli tomoni, yetakchi yarim himoyachimiz Shohruh Gadoev qaryib ikki yillik tanaffusdan keyin yana bosh jamoadan chaqiruv oldi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichdagi o'zining birinchi o'yinini 16 iyun kuni o'tkazadi. O'sha kuni terma jamoamiz Pxenyanda KXDR mehmoni bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu bahsga 8 iyundan boshlab tayyorgarlik ko'radi. 11 iyunda "Bunyodkor" stadionida futbolchilarimiz Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Toshkentdagi yig'in 14 iyunga qadar davom etadi, keyin esa jamoamiz Pxenyanga yo'l oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz