Narxi 200 ming evrolik futbolchi yangi mavsumda voha klubida to'p tepadi

Iskandarov Abdulaziz
13 fev 2024, 13:37
Superliga jamoalaridan qolishmagan holda Pro liga klublari ham selekciya ishlariga jiddiy kirishishgan.

Transfermarket ma'lumotlariga ko'ra, belaruslik himoyachi Yaroslav Makushinskiy "Buxoro" futbolchisiga aylandi. U klub bilan 2024 yilning 31 dekabr sanasigacha shartnoma imzolagan. Futbolchi "Buxoro"ning Xo'janddagi yig'iniga yo'l oladigan tarkibiga ham kiritildi. 

25 yoshli Makushinskiy faoliyati davomida "Energetik-BGU", "Vertikal", "Belshina", "Smolevichi", "Loko Gomel", "Slaviya II", "Dinamo Minsk II" jamoalarida to'p tepgan. Transfermarket portali uning narxini 200 ming evroga baholagan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia